Rio Olimpiadasi chempioni iyun oyida navbatdagi jangini o‘tkazadi

  • 10 aprel, 2020, 21:46
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning birinchi og‘ir vazn toifasida faoliyat yuritayotgan rossiyalik Evgeniy Tishenko kelajak rejalari haqida gapirib, keyingi jangini qachon o‘tkazilishi borasida ham ma’lumot berdi.
U so‘ngi jangini 7 mart kuni argentinalik  Markos Antonio Aumauduga qarshi o‘tkazib, uni nokautga uchratgandi.

Tecno

U ayni holatdagi vaziyatdan tushkunlikka tushib qolmasdan, uyda astoydil tayyorgarlik ko‘rayotganligini va navbatdagi jangi iyun oyida o‘tkazilishini aytib o‘tgan. Shuningdek, yaqin vaqtlar mobaynida muhim janglarni o‘tkazish haqida o‘ylayotganini, jumladan, jahon chempionlik tituli yo‘lidagi saralash janglarida ringga ko‘tarilishi rejasidan o‘rin olganligini ma’lum qilgan. 

Ma’lumot uchun, Tishenko 2016 yilgi Rio Olimpiadasi g‘olibi bo‘lib, mazkur to‘rt yillikning eng muhim turnirining yarim finalida Rustam To‘laganov bilan to‘qnash kelgandi. U professional ringda 7 marotaba jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. 5 bora raqiblarini nokautga uchrata olgan.

oltin

Manba: Sportbox.ru

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!