
Riberining uyiga o‘g‘ri tushdi
"Fiorentina" vingeri Frank Riberining uyiga o‘g‘ri tushdi. Bu haqda La Repubblica nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, o‘g‘irlik "Parma"ga (2:1) qarshi o‘yin payti sodir etilgan. Frantsiyalik futbolchi o‘sha payt uyda bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, Riberi “Fiorentina” safida 2019 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum A Seriyada 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar