
Reshford Ronalduning natijasini takrorladi
APLning 20-turi doirasida "Manchester derbisi" bo‘lib o‘tdi va unda ten Xag shogirdlari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. "Qizil iblislar" futbolchisi Markus Reshford o‘yinda g‘alaba to‘pini kiritdi.
Shu tariqa, 25 yoshli hujumchi 2008 yilning mart va aprel oylarida barcha musobaqalarda "Manchester Yunayted" safida ketma-ket 7 ta bahsda gol urgan Krishtianu Ronalduning natijasini takrorladi. Krishtianu ham, Reshford ham ushbu bosqichda 8 tadan gol urishgan.
Reshfordning premer-ligadagi 67 ta golidan 27 tasi g‘alaba gollari va bu kiritgan to‘plarining 40,3 foizidir. Mazkur natija 50 tadan ko‘p darvozani ishg‘ol qilganlar orasida turnir tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir.
Fikrlar