
Rebekka Peterson ikkinchi sovrinini yutib oldi
Xitoyda o‘tkazilgan “Tianjin Open”ning final bahsida Rebekka Peterson va britaniyalik Xizer Uotson o‘zaro to‘qnashdi.
Mazkur uchrashuvda Rebekka raqibasini har ikkala setda bir xil 6:4 hisobida taslim etdi va musobaqa bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, Peterson ushbu g‘alabasi uchun tashkilotchilar tomonidan 111.164 AQSh dollar hamda 280 reyting ochkosi bilan taqdirlandi.
Bu sovrin Rebekka uchun mavsumdagi va faoliyatidagi ikkinchi g‘alaba bo‘ldi.
Fikrlar