"Real"ning sobiq futbolchisiga Braziliyadan taklif tushdi

  • 11 fevral, 16:50
  • Jahongir Inomjonov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemiro jamoani tark etishi, faoliyatini Braziliya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, braziliyalik xavbekni "Flamengo" klubi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. MYu esa Kazemironi ijaraga berib, futbolchi maoshining bir qismini to‘lab berishga tayyor.

Joriy mavsumda 32 yoshli yarim himoyachi 24 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Kazemironing "qizil iblislar" bilan tuzilgan shartnomasi 2026 yilning yarmigacha amal qiladi. Futbolchining transfer narxi 12 million evroga baholanmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Mr. Azimov
11/02/2025 20:29
Khusanov tushsa tushmasa 3-0 City yutadi tahmin