
“Real”ning Qit’alararo kubok finalidagi raqibi aniqlandi
Qit’alararo kubok musobaqasining pley-off bosqichi yakunlanib, finalda “Real”ga qarshi o‘ynaydigan jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.
Pley-offning so‘nggi uchrashuvida Meksikaning “Pachuka” jamoasi Misrning “Al-Ahli” klubi vakillarini ortda qoldirdi. Bellashuvda hisob ochilmadi. G‘olibni aniqlash uchun o‘tkazilgan penaltilar seriyasida meksikaliklarning 6:5 hisobida qo‘li baland keldi.
“Pachuka” bu bosqichga chiqish yo‘lida Braziliyaning “Botafogo” jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etgandi. “Al-Ahli” esa, Osiyo vakili – Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Ayn” jamoasi darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritgandi.
Endi “Real” va “Pachuka” o‘rtasidagi Qit’alararo kubok finali 18 dekabr kuni Qatarda o‘tkaziladi.
Fikrlar