
"Real"ning "motor"lari yana bir mavsum jamoada qoladi
"Real" Madrid markazi egalari - Luka Modrich va Toni Kroos jamoada yana bir mavsum qoladi. Jurnalist Migel Anxel Toribio xabariga ko‘ra, ikkala futbolchi ham "qirollik klubi" bilan yangi shartnoma imzolaydi.
Modrich va Kroos o‘rtasidagi amaldagi kelishuvlar joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. "Real" rahbariyati joriy mavsumdagi natijalarga qo‘shgan hissasini inobatga olgan holda ikkala futbolchini ham yana bir mavsumga qoldirish maqsadga muvofiq deb hisoblamoqda.
37 yoshli xorvatiyalik xavbek Ispaniya La Ligasining joriy mavsumida 4 ta gol urdi va 3 bora sheriklarining goliga pass berdi. 33 yoshli germaniyalik yarim himoyachi esa chempionatda 2 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol qildi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar