
“Real”ning ko‘p gol uradigan hujumchisi ketadigan bo‘ldi
“Real” jamoasida ichki raqobat kuchliligidan klub o‘z tarbiyalanuvchilariga ham joy topib bera olmaydi. Birinchi jamoaga qo‘shilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan 21 yoshli hujumchi Gonsalo Garsiya boshqa jamoaga o‘tib ketishi kutilyapti.
21 yoshli futbolchi asosan yoshlar ligasidagi o‘yinlarda ishtirok etib kelmoqda. Yoshlar ligasida 34 ta uchrashuvda 24 ta gol urgan Gonsalo Ispaniya kubogi doirasidagi uchrashuvda asosiy jamoada sakkiz daqiqa o‘ynadi. O‘ziga kam vaqt berilganiga qaramay, “Legans” darvozasini ishg‘ol qilib, “Real”ning 3:2 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
Marca nashrining yozishicha, Gonsalo Garsiya “Real” asosiy tarkibiga kirishdan umidini uzgan va yuqori darajadagi o‘yinlarda ishtirok etish uchun jamoasini o‘zgartirishga tayyor.
Transfermarkt portali tomonidan 5 million evroga baholanayotgan Gonsalo Garsiyaga La Liganing o‘zidan bir necha klub taklif bilan chiqmoqda. Hujumchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etadi.
Fikrlar