"Real"ning 4 nafar asosiy futbolchisi bugungi mashg‘ulotlarda qatnashmadi

  • 24 aprel, 2023, 17:35
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi Ispaniya chempionatining navbatdagi turida “Jirona”ga qarshi o‘ynaydi. Bu bahsda "Real"ning bir necha futbolchisi jamoasiga yordam bera olmasligi mumkin.

Tecno

Bugungi mashg‘ulotlarda Rodrigo, Karim Benzema, Eduardo Kamavinga va Dani Sebaloslar ishtirok etmadi. Bu haqda jurnalist Xose Luis Sanches ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Manbaning qayd etishicha, bu futbolchilarning barchasi noqulayliklarni boshdan kechirmoqda va “Jirona”ga qarshi navbatdagi o‘yinda qatnashmaydi. Bosh murabbiy Karlo Anchelotti muhim futbolchilarning sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymoqchi emas.

Himoyachilar David Alaba va Ferland Mendi ham maydonga tusha olmaydi va jarohatidan davolanishda davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!