"Real"ga qarshi bahs oldidan "Barselona"ning ikki futbolchisi safga qaytdi

  • 10 may, 16:25
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" himoyachisi Alexandro Balde va yarim himoyachi Mark Kasado La Liganing 35-turida Real Madridga qarshi bo‘ladigan hal qiluvchi o‘yinda ishtirok etish uchun tibbiy ruxsatnoma olishdi. Bu haqda klub o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida rasman xabar berdi.

Ikkala o‘yinchi ham jarohatdan tuzalgan: Balde aprel oyida tizza osti payining jarohati tufayli safdan chiqqan edi. Kasado esa bog‘lamlari shikastlanganligi sababli ikki oyga yaqin maydondan tashqarida qolgan edi.

Endi har ikkala futbolchi ham murabbiylar shtabi ixtiyorida bo‘lib, kelgusi o‘yinda "ko‘k-anorranglilar" tarkibini kuchaytirishi mumkin. Uchrashuv 11 may kuni Barselonadagi "Olimpik Lyuis Kompanis" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!