
"Real"dan ketayotganlar safi kengaymoqda
"Real"ni yozda bir qator futbolchilar tark etishi kutilmoqda. Ular orasiga Nacho ham qo‘shilishi mumkin. Himoyachi yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgani yo‘q va boshqa klubga o‘tishga yaqin turibdi.
Nachoning xizmatlariga qiziqayotgan jamoalar orasida "Inter" favorit bo‘lib turibdi. Milanliklar himoyani kuchaytirishga harakat qilmoqda.
Ta’kidlash joiz, Nacho "Real" akademiyasidan chiqqan bo‘lib, faoliyati davomida madridliklar bilan yutishi mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarga ega chiqib bo‘ldi. 33 yoshli himoyachi ushbu mavsum "qamoqranglilar" safida 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golda ishtirok etdi.
Fikrlar