
"Real"da yana bir yo‘qotish. Koronavirus uning ham hayotiga zomin bo‘ldi (FOTO)
“Real” Madrid klubi sobiq vitse-prezidenti Amador Suares koronavirus tufayli 76 yoshida vafot etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
“Klub prezidenti va direktorlar kengashi Amador Suaresning vafoti munosabati bilan chuqur hamdarlik bildiradi. Bizning barcha e’tiborimiz uning do‘stlari va oilasi bilan birga”, - deb yoziladi klub bayonotida.
Aytish kerakki, Suares “Real”da 2006 yil klub direktori lavozimida ish boshlagan. Oradan bir yil o‘tib uni vitse-prezident lavozimiga ko‘tarishgan va u 2009 yilgacha ushbu lavozimda faoliyat yuritgan.
Bundan avvalroq "Real"ning sobiq prezidenti Lorentso Sans 76 yoshida koronavirus infektsiyasidan vafot etgan edi.
Fikrlar