“Real” yulduzlarini qattiq tanqid qilishdi

  • 23 may, 2024, 11:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi”ning sobiq futbolchisi Jon Obi Mikel “Real”ning tajribali o‘yinchilaridan Nacho Fernandes, Dani Karvaxal, Toni Kroos va Luka Modrichni tanqid qildi.

Tecno

- Toni Kroos, Nacho Fernandes, Dani Karvaxal va Luka Modrich kabi o‘yinchilar Evropa Chempionlar ligasini besh martadan yutganini ko‘rish adolatsizlik. Chunki ular o‘zlari o‘ynayotgan pozitsiyada eng zo‘r futbolchilar emas.

Sovrinlar soni odamni chalg‘itishi mumkin. Men bu futbolchilarning pozitsiyasida ulardan kuchli bo‘lgan kamida o‘nta o‘yinchining nomini keltirishim mumkin.

Bu gal Chempionlar ligasida “Borussiya” g‘olib chiqishini istayman, chunki ular bunga ko‘proq munosib, - dedi Jon Obi Mikel.

Evropa Chempionlar ligasining final uchrashuvi 1 iyun kuni Londondagi “Uembli” arenasida bo‘ladi. Unda “Real” va “Borussiya” bosh sovrin uchun kurashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
24/05/2024 00:58
Кора котак нималар депти, Жон Оби маний Микел)
Шухрат Хусаинов
23/05/2024 18:43
Реалга омад