
“Real” yulduzi Saudiyaga qachon ketishi ma’lum bo‘ldi
Saudiya Arabistoni klublari Evropaning mashhur o‘yinchilarini o‘z chempionatlariga jalb qilish siyosatini to‘xtatmoqchi emas.
Shayxlar nishonida turgan futbolchilar orasida “Real” markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger ham bor. Germaniyalik charm to‘p ustasi Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga qarshi emas.
Biroq 32 yoshli himoyachi madridliklar bilan amaldashi shartnomasi yakunlanganidan keyin “Real”dan ketishini ma’lum qilgan. Nemis futbolchisining “Qirollik klubi” bilan hamkorligi 2026 yilning yarmigacha davom etadi.
Relevo nashrining ma’lum qilishicha, Ryudiger hozircha “Real” safida qolib, imkon qadar ko‘proq sovrinlarga ega chiqishni istayapti.
Antonio “Qirollik klubi”ga 2022 yili yozda kelgan. Shundan beri 141 ta uchrashuvda ishtirok etib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari oltita gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar