"Real" yulduzi masalasi hal bo‘ldi

  • 22 may, 2024, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning tajribali pleymeykeri Luka Modrich kelasi mavsumni ham Madrid klubida o‘tkazadigan bo‘ldi.

Tecno

Marca nashrining yozishicha, tomonlar muzokaralardan so‘ng, o‘zaro hamkorlikni yana bir mavsumga uzaytirishga qaror qilgan. Luka klub prezidenti Florentino Peres bilan shaxsan uchrashdi va shundan so‘ng bir to‘xtamga kelindi.

Modrich “Real”ga 2012 yili “Tottenxem”dan transfer qilingan edi. Shundan beri u jamoa bilan jami 25 ta sovringa sazovor bo‘ldi.

Luka Modrich 2018 yili futbolchilarning eng nufuzli individual sovrini “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritdi.

38 yoshli yarim himoyachi Zagrebning “Dinamo” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!