“Real” yulduzi 150 million evroga Husanov jamoasiga ketishi kutilyapti

  • 19 fevral, 07:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Real” hujumkor futbolchisi Rodrigo Goes anchadan beri Evropaning bir necha grand klublarini qiziqtirib keladi.

Xususan, “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ham braziliyalik yulduzni o‘z shogirdlari  orasida ko‘rishni istaydi.

Todofichajes nashrining ma’lum qilishicha, “shaharliklar” 24 yoshli fubolchi uchun 150 million evro xarajat qilishni rejalashtirgan.

Rodrigoning madridliklar bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan. Bu hujumchi joriy mavsumda 21 ta uchrashuvda ishtirok etib, oltita gol va beshta assist muallifi bo‘ldi.

Transfermarkt ekspertlari bu futbolchini 100 million evroga baholamoqda. Manchesterliklar taklif qilayotgan summa “Real” rahbariyatini qoniqtirishi mumkinligi aytilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!