"Real" yozda 2 ta zo‘r futbolchini tekinga qo‘lga kiritishni reja qilmoqda

  • 17 oktabr, 2021, 12:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid bo‘lajak yozgi transferlar davrida o‘z tarkibini sezilarli darajada kuchaytirmoqchi.

Tecno

Marca nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “qirollik klubi” frantsiyalik yarim himoyachi Pol Pogba va germaniyalik himoyachi Antonio Ryudigerning talablarini qanoatlantirishga rozi. Madridliklar ushbu futbolchilarni mavsum yakunlangach tarkibga qo‘shib olmoqchi.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “Real” ayni damda har ikkala futbolchining o‘z klubi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar yakunini kutmoqda. Boisi, Pogbada ham, Ryudigerda ham o‘z klublari bilan shartnomani uzaytirish ehtimoli mavjud.

28 yoshli Pogba joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi. 28 yoshli Ryudiger esa bu mavsum “Chelsi”da 7 ta o‘yinda ishtirok etdi va 1 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!