“Real” Virjil van Deyk kutgan javobni bermadi
“Liverpul” sardori Virjil van Deyk yozda “Real”ga o‘tishga uringani haqida ma’lumotlar chiqa boshladi.
Transfer News Live nashri va jurnalist Xose Feliks Diasning yozishicha, niderlandiyalik futbolchining agentlari himoyachi xizmatlarini “Qirollik klubi”ga taklif qilgan. Virjilning o‘zi esa, “Real”dagilar unga chorlov yuborishini kutgan.
Biroq “Real” bu takliflarni javobsiz qoldirdi. Shundan so‘ng, Virjil van Deyk “Liverpul”da qolib, chempion jamoa bilan yangi shartnoma tuzishga qaror qildi.
Virjil van deyk “Villim II” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘z yurtida “Groningen” sharafini himoya qilganidan keyin 2013 yili Shotlandiya chempionati grandi “Seltik” jamoasiga ko‘chib o‘tgan.
Ikki yildan keyin uni “Sautgempton” olib ketdi. “Liverpul” mohir himoyachini 2018 yili qariyb 85 million evro evaziga o‘z tarkibiga qo‘shib olgan edi.



Fikrlar