"Real" Van de Bekni 3 sabab tufayli sotib olmagan

  • 6 sentabr, 2020, 13:10
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" xarid qilgan Donni Van de Bek bir necha oy oldin "Real"ga o‘tishi kutilayotgan edi. Biroq madridliklar bu transferdan 3 sababga ko‘ra voz kechdi:

Tecno

1. Zidan yarim himoyada muammolarga duch kelishni boshlagan vaqtda akademiyadan Federiko Valverde asosiy jamoaga qo‘shildi. Aytish mumkinki, urugvaylik xavbek bosh murabbiyning ishonchini butkul oqlay oldi. Donni hamda Fede bir pozitsiyada o‘ynashini hisobga olgan Zidan bu transferni shart emasligiga ishonch hosil qildi.

2. Iste’dodlar bilan to‘lib-toshgan "Real"da Van de Bekka yana bir raqobatchi bor - Martin Edegor. Bejiz, ijara muddati yakunlanmasdanoq, Zidan uni ortga qaytarishni so‘ragani yo‘q. Demak, frantsiyalik mutaxassis o‘z qo‘l ostidagi shogirdlariga tayanadi.

3. Peres uchun tarkibni yulduzlar bilan boyitish imkonsiz ish emas, aslida. Ammo barcha qatori "Real" ham pandemiya oqibatida yaxshigina mablag‘ yo‘qotayotganini tan olish lozim. Shu sababli, bu kelishuv imzolanmagan edi va yakunda MYu vakillari vaziyatdan foydalanib qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!