
"Real" va PSJ qiziqayotgan vingerni "Borussiya" ilib ketishga yaqin
Dortmundning "Borussiya" klubi "Manchester Siti" vingeri Jeymi Bayno-Gittensomni sotib olishga yaqin turibdi.
"Sky Germany"ning xabar berishicha, "arilar" 16 yoshli futbolchining o‘zi bilan kelishib olgan. Endi ular yosh iste’dodni erkin agent sifatida qo‘lga kiritishi mumkin. Boz ustiga, "shaharliklar" ham u bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Jeymiga dortmundliklardan tashqari, "Real" hamda PSJ klublari ham jiddiy qiziqish bildirgan. Biroq futbolchining o‘zi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun nemislar safiga o‘tmoqchiligi ma’lum qilinmoqda.
"Borussiya" vakillari uni anchadan beri klubni tark etishi kutilayotgan Jeydon Sanchoga munosib o‘rinbosar sifatida baholamoqda. Agar Sancho transferi amalga oshsa, "arilar" darhol Bayno-Gittensomni xarid qilmoqchi.
Fikrlar