“Real” va MYu zo‘r hujumchini talashmoqda

  • 20 aprel, 2023, 18:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Atalanta” hujumchisi Rasmus Xyoylunn faoliyatini grand klublardan birida davom ettirish imkoniga ega.

Tecno

Daniyalik futbolchini Evropaning bir necha klublari nishonga olgan. Asosiy da’vogarlar sifatida “Real” va “Manchester Yunayted” tilga olinmoqda. Manbalarning ta’kidlashicha, 20 yoshli forvardni “Chelsi” ham o‘z safiga qo‘shib olishga qarshi emas.

Xyoylunn Daniyaning “Kopengagen” klubida katta futbolga qadam qo‘ygan. 2022 yilning boshida Avstriyaning “Shturm” klubiga, yarim yildan keyin esa, “Atalanta”ga ko‘chib o‘tdi.

Shundan so‘ng, yosh o‘yinchi Daniya terma jamoasiga taklif etildi. Mamlakat bosh jamoasida to‘rtta uchrashuvda raqiblar darvozasini besh bor ishg‘ol qilganidan keyin qator grand klublar e’tiborini qozondi.

Joriy mavsumda A Seriyada 26 ta uchrashuvda  ettita gol urgan hujumchi 35 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!