"Real" UEFA Superkubogida o‘zbekistonlik Kozim Aripov jamoasi bilan o‘ynaydi

  • 29 may, 2022, 15:31
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasi finalida "Liverpul" - "Real" bahsi o‘tkazildi. Uchrashuvning 59-daqiqasida Vinisius Junior tomonidan kiritilgan yagona gol madridliklarga muhim g‘alabani taqdim etdi. Shu tariqa, "qirollik klubi" o‘z tarixida 14-bor ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi.

Tecno

Endi Karlo Anchelotti shogirdlari UEFA Superkubogida Germaniyaning "Ayntraxt" jamoasi bilan kuch sinashadi. Bellashuv 10 avgust kuni Finlyandiyaning Xelsinki shahridagi "Olimpiya" stadionida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, "Ayntraxt" klubining aktsionerlaridan biri o‘zbekistonlik Kozim Aripov hisoblanadi. Bu jamoa Evropa ligasi finalida Shotlandiyaning "Reynjers" klubini penaltilar seriyasida mag‘lub etib, bosh sovrinni o‘ziniki qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!