“Real” to‘xtamaydi: Madridliklar Angliyadan yana zo‘r futbolchilarni olib keladi

  • 18 iyun, 08:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yakunlangan mavsumda ham mamlakat chempionligi, ham Evropa Chempionlar ligasi g‘olibligidan ayrilgan “Real” tarkibini muntazam mustahkamlab borish yo‘lini topdi.

Tecno

Qizig‘i shundaki, madridliklar “Liverpul” himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldni erkin agent sifatida qo‘lga kiritganidan keyin mohir futbolchilarni bepul olish amaliyotini kuchaytirishga qaror qildi.

Marca nashrining ma’lum qilishicha, “Qirollik kluyui” mutasaddilari 2026 va 2027 yillarda erkin agentga aylanadigan o‘yinchilarni oldi. “Real” vakillari “Liverpul”dan markaziy himoyachi Ibrohim Konatega qiziqish bildiryapti. Ular kelasi yili yozda sharnomasi tugaydigan o‘yinchini kelajakda Madridga ko‘chib o‘tishga hozirdan ko‘ndirib qo‘ymoqchi.

Bundan tashqari, madridliklar ikki yildan keyin shartnomasi tugaydigan “Arsenal”ning 18 yoshli chap qanot himoyachisi Maylz Lyuis-Skellini olishda ham shu yo‘lni tutishga qaror qilgan.

“Real” skautlari Ispaniya chempionatida “Valensiya”dan o‘zlariga kerak o‘yinchini topdi. Madridliklar 20 yoshli markziy himoyachi Kristian Moskerani jamoasi bilan kelishuvi tugagach, “Qirollik klubi”ga erkin agent maqomida kelishini taklif qilmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!