"Real" Toni Kroosga o‘rinbosarni Frantsiyadan topdi

  • 1 mart, 14:10
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ yarim himoyachisi Fabian Ruiz Frantsiya chempionatini tark etib, Ispaniya La Ligasiga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda TodoFichajes nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, 28 yoshli futbolchiga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirmoqda. Ruiz Evro-2024 dan so‘ng faoliyatini yakunlagan Toni Kroos o‘rnini egallay oladigan futbolchi sifatida ko‘rilmoqda.

Fabianning transfer qiymati 35 million evro etib baholanmoqda. Uning parijliklar bilan shartnomasi 2027 yil iyun oyida yakunlanadi.

Joriy mavsumda Frantsiya chempionati doirasida Ruiz 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!