“Real” superhujuchisi bo‘yicha Saudiyadan katta taklif oldi. Transfer bo‘ladimi?

  • 31 yanvar, 10:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi klubni tark etgan Neymar o‘rniga Evropaning etakchi hujumchilaridan birini olib kelishga qaror qilgan.

Tecno

Shayxlar ana shu maqsadda “Real”ga Rodrigo Goesni so‘rab, taklif yubordi.

Bir necha manbalarning yozishicha, saudiyaliklar madridliklarga 100 million evrodan ortiq mablag‘ to‘lashga tayyorligini bildirgan.

Agar Rodriga “Al-Hilol”ga ko‘chib o‘tishga rozilik bersa, Saudiya Arabistoni Pro-ligasida eng katta maosh olayotgan o‘yinchilardan biriga aylanadi. Bundan tashqari, braziliyalik yulduzga 2034 yili bu mamlakatda o‘tadigan jahon chempionatining elchisi bo‘lish vakolati beriladi.

24 yoshli futbolchi “Santos” tarbilanuvchisi hisoblanadi. U “Real”da 2019 yildan beri o‘ynayapti.

Rodrigo klublar miqyosida shu paytga qadar 328 ta uchrashuvda ishtirok etib,  86 ta gol va 55 ta assist muallifi bo‘lgan.

“Real” bilan 2028 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma bilan bog‘langan futbolchining transferi transfermarkt.world portali tomonidan 100 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!