
"Real" Rodrigo masalasi bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qildi
"Real Madrid" klubi hujumchi Rodrigoning kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qildi.
"Radio Marca" nashrining xabar berishicha, "qaymoqranglilar" Rodrigoni sotishni rejalashtirmayapti. Transfer amalga oshishi uchun 24 yoshli braziliyalikning o‘zi klubdan ketish istagini bildirishi shart.
Shu bilan birga, Rodrigoning vaziyatni o‘zgartirish istagi ham istisno etilmaydi. Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati Xabi Alonsoning hujum chizig‘ida boshqa o‘yinchilarga ham imkon berdi. Bu esa, yangi mavsumda Rodrigoning o‘yin vaqti cheklanishi mumkin ekanligini anglatadi.
Avvalroq, Transfermarkt portali tomonidan 90 million evroga baholangan Rodrigo 2026 yilgi Jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi safida o‘ynash istagini hisobga olib, o‘yin amaliyoti xususida tashvishlanayotgani haqida xabarlar berilgandi.
Fikrlar