"Real" Rodri bilan shartnoma imzolamoqchi. Futbolchining istagi qanday?

  • 21 aprel, 18:56
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, Karlo Anchelotti boshchiligidagi "Real Madrid" yozgi trasferlar oynasida bir necha futbolchilarni xarid qilishi kutilmoqda. Shu jumladan, ushbu ro‘yxatda "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri ham o‘rin olgan. 
 
Germaniyadagi "Sport Bild" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, "qirollik klubi" yozda Rodrini sotib olish uchun juda qattiq harakat qilmoqchi. Biroq, futbolchi "shaharliklar" safida qolib, yana faoliyatini davom ettirishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, manchesterlik rahbarlari qanday taklif bo‘lishiga qaramasdan, ispaniyalik xavbekni qo‘yib yubormoqchi emas. Rodri esa mavsumning birinchi davrasidagi buyon "Siti"ga yordam bera olmayapti. Uning klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatigacha qaytishi kutilmoqda. Buni jamoa bosh Xosep Gvardiola ham bir necha uchrashuvlardan buyon ta’kidlab kelmoqda. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 28 yoshli futbolchi joriy mavsum angliyaliklar safida 3 tagina uchrashuvda ishtirok etishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!