
“Real” qadrlamagan yulduzga yangi jamoa topildi
Zinedin Zidandan imkoniyat ola bilmagan kolumbiyalik futbol yulduzi Xames Rodriges Angliya chempionatiga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘ldi.
Iste’dodli pleymeyker uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng “Everton” bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha muayyan kelishuvga erishdi. 29 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan maoshi haftasiga 77,5 ming funt bo‘lgan uzoq muddatli bitim imzolaydi.
Hozir “Everton” mutasaddilari futbolchini qo‘lga kiritishga to‘sqinlik qilayotgan “Real” qo‘ygan narx – 22,4 million funtni biroz pasaytirish bo‘yicha muzokara olib bormoqda.
Yaqinda “Real” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida futbolchi olinmasligi, aksincha jamoaga kerak bo‘lmay qolgan 20 nafarga yaqin o‘yinchini sotib, moliyaviy imkoniyatini barqarorlashtirib olishini ma’lum qilgan edi.
Fikrlar