“Real” o‘ziga qarshi o‘ynagan “Siti”ning universal futbolchisini oladi

  • 20 may, 2023, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” yozda tarkibida jiddiy o‘zgarishlar qilmoqchi. Madridliklar nishoniga ularga qarshi Chempionlar ligasining yarim finalida ishonchli o‘ynagan Kayl Uoker ham tushdi.  

Tecno

Tajribali himoyachi yarim final bahsida madridliklar hujumchisi Vinisius Juniorga umuman o‘yin bergani yo‘q. 

“Manchester Siti” vakili himoya chizig‘ining istalgan nuqtasida o‘ynay oladi. Jurnalist Tomas Gonsalesning aytishicha, aynan mana shu xislati tufayli 32 yoshli futbolchi “Qirollik klubi”ni qiziqtirib qo‘ygan.

Uokerning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha imzolangan. Hamkorlikning yakunlanishiga atigi bir yil qolgani “Real”ning transferni amalga oshirishida  qo‘l kelishi mumkin.

“Manchester Siti” mutasaddilari angliyalik himoyachiga yangi shartnoma berishga shoshilmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!