“Real” og‘ir ahvolda: Sakkiz himoyachi maydonga tusholmaydi

  • 8 dekabr, 09:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining 15-turi “Real”ga juda og‘ir keldi. Madridliklar o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida o‘yinni boy berishdan tashqari, jarohat va diskvalifikatsiyalar tufayli bir necha futbolchilari xizmatidan foydalana olmaydigan bo‘ldi.

Tecno

Ayniqsa, himoya chizig‘i katta yo‘qotishga uchradi. “Selta”ga qarshi bahsning birinchi bo‘limi o‘rtalarida Eder Militao jiddiy jarohat oldi. O‘yinning ikkinchi yarmida Fran Garsiya va Alvaro Karreras zarur bo‘lmagan joyda qizil kartochka ishlab oldi.

Shu tariqa, jamoa yana himoya chizig‘ida jiddiy kadr tanqisligiga duch keldi. The Touchline ma’lumotlariga ko‘ra, La Ligadagi navbatdagi “Alaves”ga qarshi uchrashuvni bir vaqtning o‘zida sakkizta himoyachi o‘tkazib yuborishi aniq bo‘ldi.

Yuqorida tilga olingan uch nafar futbolchidan tashqari, Din Xyoysen, Trent Aleksander-Arnold, Daniel Karvaxal, David Alaba va Ferlan Mendi ham maydonga tusholmaydi.

“Real” – “Alaves” uchrashuvi kelasi yakshanba, 14 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu bellashuvdan to‘rt kun oldin esa, Xabi Alonso jamoasi Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichi doirasida o‘z maydonida “Manchester Siti”ni qabul qiladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!