
“Real” nishonida uch yulduz!
“Real”ning markaziy himoyachisi Rafael Varan yozda klubni tark etishini oldindan ma’lum qilgan edi.
Madridliklar uning o‘rnini bosa oladigan futbolchi olish maqsadida taklif etiladigan himoyachilar ro‘yxatini tuzdi. Unga Zinedin Zidanga o‘yini ma’qul kelayotgan David Alaba, Jyul Kunde va Pau Torres kiritilgan. Bu himoyachilar o‘z jamoasida etakchilardan hisoblanadi.
Zidan o‘z jamoasida ko‘rishni istayotgan himoyachilardan David Alaba yozda erkin agentga aylanadi. Biroq, bu futbolchi katta maosh talab qilmoqda. Kunde va Torres transferini amalga oshirish uchun “Qirollik klubi” xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.
“Real” olmoqchi bo‘layotgan bu futbolchilarning boshqa jamoalar bilan ham muzokara olib borayotgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.
Fikrlar