"Real" muxlislari uchun ajoyib yangilik!

  • 23 dekabr, 2021, 20:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi koronavirusga qarshi jiddiy kurashmoqda. Luka Modrich, Garet Beyl, Rodrigo, David Alaba, Andrey Lunin, Marselo, Isko va yordamchi murabbiy Davide Anchelottining yaqinda topshirgan test javoblari musbat chiqqan edi.

Tecno

Shundan so‘ng qayta o‘tkazilgan tekshiruvda faqatgina Luka Modrichning test javobi manfiy chiqdi.

Jurnalist Xose Luis Sanchesning so‘zlariga ko‘ra, Rodrigo, Beyl, Alaba va Davide Anchelottining ham koronavirusga qarshi topshirgan so‘nggi test javoblari manfiy chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, “Real”da barcha futbolchilar va xodimlar koronavirusga qarshi emlangan.

Ayni damda Marselo, Lunin va Iskoning testlari musbatligicha qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!