
“Real” Mbappening ahvoli bo‘yicha rasmiy ma’lumot chiqardi
Ispaniya chempionatining ettinchi turida “Real” yulduzi Kilian Mbappe “Alaves” darvozasini birinchi bo‘limda ishg‘ol qildi. Biroq frantsiyalik futbolchi 80-daqiqada zaxiraga olindi.
Sababi – Kilian Mbappe oyog‘ida og‘riq his qilgan va o‘zini alishtirishlarini so‘ragan.
“Qirollik klubi” qimmatbaho o‘yinchining ahvoli haqida rasmiy ma’lumot chiqardi.
- “Real” tibbiyot xizmati tomonidan o‘tkazilgan chuqurlashtirilgan tekshiruvlar Kilian Mbappening chap oyoq son mushaklari shikastlanganini ko‘rsatdi. Futbolchining holati tibbiyot xizmati xodimlari tomonidan to‘liq nazoratga olingan, - deyiladi rasmiy bayonotda.
25 yoshli hujumchi “Real”ga ko‘chib o‘tganidan beri La Liga, UEFA Superkubogi va Chempionlar ligasida jami 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, ettita gol va bitta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar