“Real” Mbappedan keyin PSJning yana bir o‘yinchisini olib ketmoqchi

  • 16 oktabr, 2024, 16:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” o‘tgan yozda Kilian Mbappeni bepul transfer qilgani “Pari Sen-Jermen” klubiga juda og‘ir botdi. Frantsiyalik hujumchi Parij klubiga uning transferidan pul ishlab olish imkonini bermadi.

Tecno

TodoFichajes nashrining ma’lum qilishicha, himoya chizig‘ida muammolarga duch kelayotgan “Real” qishki transferlar vaqtida parijliklarning yana bir o‘yinchisini olib ketmoqchi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Qirollik klubi” mutasaddilari Milan Shkrinyarni nishonga olgan.

29 yoshli slovakiyalik himoyachining o‘zi Luis Enrike kelganidan keyin asosiy tarkibdan chiqarildi. Shkrinyar bu vaziyatdan norozi va klub rahbariyatidan o‘zini qishgi transferlar vaqtida ijaraga qo‘yib yuborishni so‘radi.

Milan Shkrinyarni qo‘lga kiritish uchun madridliklar “Yuventus” bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. Turinliklar A Seriyada katta tajriba to‘plagan Shkrinyarni anchadan beri o‘z safiga qo‘shib olishni ko‘zlab yuribdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!