“Real” Mbappe yana kulguga qoldirishidan cho‘chiyapti

  • 22 oktabr, 2023, 10:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bungacha bir necha marotaba Kilian Mbappeni qo‘lga kiritishga urinib ko‘rdi. Lekin frantsiyalik hujumchining qarorlari madridliklarning hafsalasini pir qildi.

Tecno

“Qirollik klubi” Mbappeni olish istagidan voz kecha olmadi. Biroq bir marta “og‘zi kuygan” klub prezidenti Florentino Peres 24 yoshli hujumchidan “Real”ga o‘tishini kafolatlashni talab qilyapti.

2022 yilning yozida hamma Kilian Mbappening “Real”ga o‘tishiga ishonib turgan bir paytda, hujumchi PSJning katta maoshini tanlagan edi.

Florentino Peres futbol jamoatchiligi oldida yana kulguga qolishni istamayapti. “Qirolli klubi” xo‘jayini Kilian Mbappe PSJ bilan to‘liq aloqani uzganini ommaviy tarzda e’lon qilganidan keyin u bilan muzokara boshlashni mo‘ljallagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!