“Real” maydon markazini “Bavariya” yulduziga topshirmoqchi

  • 26 dekabr, 2024, 14:00
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” o‘tgan yozda professional faoliyatini tugatgan Toni Kroos o‘rniga boshqa tayanch yarim himoyachi oladigan bo‘ldi.

Tecno

Frantsiyalik Orelen Tchuameni nemis futbolchisi o‘rnini bosa olmadi. Endi madridliklar bu pozitsiyada “Bavariya” va Germaniya terma jamoasi yulduzi Yozua Kimmixni olib kelmoqchi. Bu haqda asosan nemis futbolini yoritishga ixtisoslashgan jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Qirollik klubi” Kimmix atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda va imkon tug‘ilishi bilan unga hamkorlik shartnomasini beradi.

29 yoshli yarim himoyachining myunxenliklar bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi. Boshqa klublar 1 yanvardan u bilan muzokara boshlashi mumkin. “Bavariya” Yozuani hali jamoada qolishga ko‘ndira olgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!