
"Real Madrid" futbolchisi yozda jamoani tark etadi!
"Real Madrid" futbolchisi Lukas Vaskes yozda jamoani tark etishi haqida o‘ylamoqda.
Fabritsio Romanoning xabar berishicha, 33 yoshli himoyachi Lukas Vaskes ushbu mavsum yakunlangach, erkin agent sifatida "qirollik klubi"ni tark etadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u klubda so‘nggi bor klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etadi, shundan so‘ng jamoa bilan xayrlashadi. Uning ketishi Trent Aleksander-Arnold bilan shartnoma imzolanishiga bog‘liq ekani qayd etilmoqda.
Vaskes 2007 yildan beri "qaymoqranglilar" tizimida faoliyat yuritib kelayotgandi. U madridliklar safida 398 ta o‘yin o‘tkazdi va jamoa bilan 21 ta sovrinni qo‘lga kiritdi, jumladan, 4 marta La Liga va 5 marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.
Fikrlar