
"Real Madrid" 5 ta o‘yindan beri mag‘lub bo‘lmayabdi
"Real Madrid" ketma-ket 5 ta o‘yinda g‘alaba qozondi.
Kun kecha Karlo Anchelotti shogirdlari La Liganing 7-turida "Alaves"ni mag‘lub etishdi(3:2). Bu "Los Blankos"ning qatorasiga beshinchi g‘alabasiga aylandi. Madridliklar bu muddat oralig‘ida "Betis", "Real Sosedad", "Shtutgart" va "Espanol"ni mag‘lub etishdi.
"Real Madrid" endi navbatdagi o‘yinini Ispaniya chempionati doirasida 29 sentyabr kuni safarda, Madrid derbisi doirasida "Atletiko"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar