
"Real" "Liverpul" hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Ispaniyaning "Real Madrid" jamoasi Angliyaning "Liverpul" klubi hujumchisi Muhammad Salohni sotib olmoqchi. Bu haqida "FourFourTwo" nashri xabar berdi.
Nashrning ma’lum qilishicha, Salohning ingliz klubi bilan shartnomasi kelasi yozda tugaydi va uni uzaytirishda muammolar bo‘lishi mumkin. Futbolchi va klub o‘rtasida bu borada hozircha kelishuv bo‘lgani yo‘q. "Los-Blankos" klubi prezidenti Florentino Peres bundan unumli foydalanib, joriy mavsum yakunida misrlik futbolchini erkin agent sifatida o‘z jamoasiga olib kelmoqchi.
Ma’lumot uchun, futbolchiga "Real"dan tashqari Frantsiyaning PSJ klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar