
"Real" Konate uchun yozda 25 million funtlik taklif berishni rejalashtirmoqda
"Real Madrid" yozgi transfer oynasida "Liverpul" himoyachisi Ibraima Konateni qo‘lga kiritish uchun harakat qilishi mumkin. Manbalarga ko‘ra, ispaniyaliklar frantsiyalik markaziy himoyachi uchun 25 million funt atrofida taklif berishni rejalashtirmoqda.
"Football Insider" nashridagi "Inside Track" podkastida ishtirok etgan mutaxassis Pit O’Rurkning ta’kidlashicha, 26 yoshli futbolchining joriy yozda "Enfild"ni tark etish ehtimoli yuqori.
Xabi Alonso boshqarayotgan jamoa Konatega anchadan buyon qiziqish bildirib keladi. Uning shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi va "Real" bu vaziyatdan foydalanib, "Liverpul"ga bosim o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Biroq, "Football Insider" manbasi mersesaydliklar Konate uchun kamida 40 million funt talab qilayotganini ma’lum qildi. Angliyaliklar himoyachini yozda ham, keyingi mavsumda ham qo‘yib yuborishni istamaydi.
Shu bois, "Real" Konate bilan shartnoma tugashini kutib, uni 2026 yilda erkin agent sifatida olib kelishni reja qilmoqda. Eslatib o‘tamiz, shuningdek, may oyida mazkur manba "Real Madrid" Aleksander-Arnoldni ham erkin agent sifatida qo‘shib olganidan so‘ng Konatega bo‘lgan qiziqish yanada kuchayganini ma’lum qilgan edi.
Fikrlar