
"Real" KO‘JChda ishtirok etish ortidan katta summa ishlab olishi mumkin
"Real Madrid" klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishi ortidan qancha pul ishlab topishi ma’lum.
"As" xabariga ko‘ra, Madrid klubi guruh bosqichidagi o‘yinlari uchun 30 million evro olishi kafolatlangan. Agar "qaymoqranrglilar" turnirning ushbu bosqichidagi barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonsa, miqdor 35 million evroga oshadi.
"Real" yarim finalga chiqsa, 60 million evro ishlab oladi. Finalga yo‘l olgani uchun esa 80 million evro kafolatlangan.
Turnir g‘olibligi bilan mazkur miqdor 100 million evrogacha ko‘tariladi.
To‘lovlarni aniqlashda UEFA reytingidagi o‘rin, klubning marketing qiymati va televizion huquqlarning bozor narxi inobatga olinadi.
Yangi formatdagi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati kelasi yozda AQShda bo‘lib o‘tadi. Turnirda ilk marotaba 32 ta jamoa ishtirok etadi.
Fikrlar