"Real" ketma-ket ikkinchi uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi

  • 3 avgust, 2023, 07:03
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida "Yuventus" hamda "Real" o‘zaro kuch sinashdi. Mazkur bellashuvda turinliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Dastlab, 1-daqiqadayoq "keksa senora" a’zosi Kin hisobni ochdi. 20-daqiqada Vea oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. 38-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Vinisius farqni qisqartirdi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarning beshinchisida esa Vlaxovich hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. 

Qayd etish lozim, Anchelotti shogirdlari ketma-ket ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinida mag‘lubiyatga uchramoqda. O‘tgan safar ular "el-klasiko"da "Barsa"ga yirik 3:0 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. 



Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!