
"Real" "Kamp Nou"da "Barselona"ni "yanchib tashlab", finalga chiqdi
"Barselona" - "Real" o‘rtasidagi Ispaniya kubogining yarim final bahsi tugadi.
Uchrashuv "qirollik klubi"ning yirik 0:4 hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Dastlab, birinchi taymning 45+1 daqiqasida Benzemaning uzatmasidan so‘ng Vinisius hisobni ochdi. Ikkinchi taymning 50 daqiqasida Benzemaning o‘zi gol urdi. 58 daqiqada Karimning o‘zi hisobni 0:3 ko‘rinishiga olib kelgan bo‘lsa, 81 daqiqada xet-trikni rasmiylashtirdi.
Shu tariqa Anchelotti shogirdlari mamlakat kubogi finaliga chiqdi va "Osasuna"ga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar