“Real” jamoani chempion qilgan Anchelottidan nega norozi?

  • 4 mart, 2023, 22:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik mashhur murabbiy Karlo Anchelotti o‘tgan mavsumda “Real”ni Ispaniya chempioni va Evropa Chempionlar ligasi g‘olibiga aylantirdi.

Tecno

Shunga qaramay, bu mutaxassisning klub xo‘jayinlari bilan munosabati ko‘ngildagidek emas. Klub boshqaruvining ayrim vakillari kelasi mavsum oldidan jamoani boshqa mutaxassisga topshirish kerak, degan fikrni ilgari surmoqda.

Ispaniyalik jurnalist Rodrigo Faesning ta’kidlashicha, Ispaniya kubogida “Real” o‘z maydonida “Barselona”ga engilganidan keyin bu masala yana kun tartibiga qaytarildi. Rahbariyat Anchelottiga taktik rang-barang etishmayotganidan norozi bo‘lmoqda. Karlo Anchelotti uchrashuvda “Barselona” himoyasini  yorib o‘tish va o‘yinda burilish yasashni uddalay olmadi.

Anchelottining o‘zi shartnomasi oxirigacha Madridda qolishini ta’kidlagan. Uning bitimi 2024 yilning yozigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!