
“Real” jahon chempioni uchun katta pul sarflamoqchi
Argentina terma jamoasi va “Tottenxem” klubi himoyachisi Kristian Romero faoliyati “Real Madrid”da davom ettirishi mumkin. Bu haqida “Todo Fichajes” xabar bermoqda.
Manbada yozilishicha, madridliklar 26-yoshli himoyachini keyingi yozda xarid qilishmoqchi. “Qirollik klubi” argentinalik uchun 65 million evro sarflashi mumkin.
Romero 2022 yildan beri “shporlar” safida to‘p surmoqda. Uning London klubi bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha belgilangan.
Joriy mavsum Kristian 5 ta uchrashuvda bitta gol urdi.
Fikrlar