
“Real” ikki o‘yinchidan norozi
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti va uning shtabi vakillarida joriy mavsum bo‘yicha ikki futbolchiga e’tiroz tug‘ildi.
Manbalarga ko‘ra, Fran Garsiya hamda Ferlan Mendining o‘yini nafaqat murabbiylar, balki klub rahbariyatini ham qoniqtirayotgani yo‘q.
Fran Garsiya klubda 2027 yilning yarmigacha, Mendi esa jamoadoshidan bir yil uzoq davom etadigan shartnomaga ega. Lekin “Real” mutasaddilari yozda ularning o‘rniga chap qanotga boshqa ishrochi olib kelishga qaror qilgan.
Ispan matbuotining yozishicha, ko‘p narsa “Real” mavsumni qay darajada va qanday sovrinlar bilan yakunlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Agar kutilgan natijalar qo‘lga kiritilmasa, jamoada jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Fikrlar