"Real" hujumchisi o‘ziga boshqa klub topa olmayapti

  • 29 dekabr, 2022, 11:01
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi hujumchisi Mariano Dias joriy mavsum oxirigacha jamoani tark etmaydi. Bu haqda "Football Espana" xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, futbolchi boshqa jamoaga o‘tish borasida ehtimoliy vakillar bilan kelisha olmagan, shu bois u jamoada 2023 yilning yoziga qadar qolishga majbur bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli futbolchi joriy mavsum La Ligada to‘rtta o‘yinda maydonga tushdi va gol ura olmadi. Bundan tashqari, Dias bosh murabbiy Karlo Anchelottining ishonchini qozona olmagani haqida xabarlar tarqaldi. Unga asosiy da’vogar "Vulverxempton" bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!