
“Real” hech kim erishmagan rekordni yangilaydi
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Real” chempionatining navbatdagi turida tarixiy rekord o‘rnatishi kutilmoqda.
Marca nashrining ma’lum qilishicha, Karlo Anchelotti shogirdlari navbatdagi turda ijobiy natija qayd etsa, Ispaniya chempionatida 5000 ochko jamg‘argan birinchi va yagona jamoaga aylanadi.
Hozir “Qirollik klubi” hisobida 4999 ochko bor va besh minglik cho‘qqini zabt etishi uchun keyingi o‘yinda durang natija ham kifoya qiladi.
Ispaniya chempionatida ochko jamg‘arish bo‘yicha keyingi o‘rinda borayotgan “Barselona” hisobida jami 4887 ball bor. Kuchli uchlikdan o‘rin olgan “Atletiko” o‘z tarixida La Ligaja jami 4018 ochko to‘plagan.
“Real” rekord o‘rnatilishi kutilayotgan keyin bellashuvni 3 yanvar kuni “Valensiya” maydonida o‘tkazadi. Bu bahs 12-turning kechiktirilgan o‘yini hisoblanadi.
Fikrlar