“Real” har o‘yinda bittadan ko‘p gol uradigan hujumchi topdi

  • 4 aprel, 2021, 09:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida “Manchester Siti”ning 18 yoshli hujumchisi Liem Delapni transfer qilishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Bu hujumchi Angliya premer-ligasining yoshlar o‘rtasidagi musobaqasida sermahsulligi bilan ko‘zga tashlanmoqda. Delap turnirda 15 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasiga 20 ta to‘p kiritdi va to‘rtta golli pas oshirdi. Shuningdek, u asosiy jamoada uchta uchrashuv o‘tkazib, Liga kubogida “Bornmut”ga gol urdi.  

Yosh hujumchining o‘yinlaridan hayratlanayotgan madridliklar Delapning vakillari bilan aloqaga chiqqani aytilmoqda.

Shunga qaramay, futbolchini olish qiyin bo‘ladi. Chunki Xosep Gvardiola Delapni keyingi mavsumda asosiy tarkibga o‘tkazmoqchi. Chunki “shaharliklar” yozda yangi hujumchi olmaydi va kelasi mavsumda hujumda Gabriel Jezus va hujumchisi Liem Delapdan foydalanmoqchi.

Agar shunday bo‘lib chiqsa, Delapning 2023 yilgacha imzolangan shartnomasi katta ehtimol bilan yangilanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!