"Real" futbolchisi Messidan o‘rnak olishini tan oldi

  • 12 aprel, 2020, 18:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni "Malorka" safida ijarada o‘tkazayotgan "Real" yarim himoyachisi Takefusa Kubo "Barselona" forvardi Lionel Messi haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, Kubo 2011-2015 yillarda “Barselona” akademiyasida tarbiyalangan.

“Biz u bilan shaxsan tanish emasmiz, ammo u professional futbolchi bo‘lishni istagan yoshlar uchun andoza hisoblanadi. Bolaligimda uning ko‘plab videolarini ko‘rganman. U ajoyib futbolchi.

Messi men kabi past bo‘yli, texnika, dribling va to‘p nazoratiga asoslangan futbolchilar uchun o‘rnak hisoblanadi. Messi - bularning cho‘qqisi”, - deydi yaponiyalik futbolchi.

Kubo joriy mavsum “Malorka” safida 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!